Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQSh hududidagi harbiy bazalarga istalgan dronlarni urib tushirishga ruxsat berdi
Foto: AFP
AQSh mudofaa vazirligi mamlakat hududidagi istalgan dronni urib tushirishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Vazirlik xabarida aytilishicha, AQShdagi 130 ta harbiy baza "parvozlar xavfsizligiga xavf solishi yoki boshqa biror xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan" istalgan dronni urib tushirish huquqini olgan.
Pentagon matbuot kotibi Jyeff Devisning jurnalistlarga aytishicha, buyruqqa binoan ham xususiy, ham tijoriy dronlar urib tushirilishi mumkin.
Uning ta'kidlashicha, dronlar sonining oshishi ularning fuqarolar xavfsizligiga tahdid qilishi borasida xavotirlar oshishiga olib keldi.
Aprelda dronlarning AQSh bazalari ustidan parvozi taqiqlab qo‘yilgandi.
AQSh Federal aviatsiya ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil oxirida mamlakatda 42 mingtaga yaqin dron bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, 5 yildan keyin bu raqam 1,6 mln gacha yetadi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026