Jahon | 23:35 / 09.08.2017
17274
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Shimoliy Koreya xalqining "yo‘q bo‘lib ketishi" bilan tahdid qildi

Foto: AP Photo / Jacquelyn Martin

Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy dasturini yopishi va "tuzumning intihosi va xalqning xalokatiga olib keluvchi" qadamlardan voz kechishi lozim, deb aytdi Pentagon rahbari Jyeyms Mettis.

Mettis Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni "BMT xavfsizlik kengashining yagona pozitsiyasi va butun dunyo hukumatlari bayonotlari"ni e'tiborga olishga chaqirdi. Mettisning aytishicha, ular Pxenyan "global xavfsizlik va barqarorlikka xavf solishi"ni tan olganlar.

"Shimoliy Koreya o‘zini yakkalashni to‘xtatishi va yadroviy qurolga egalik qilishga urinishidan voz kechishi foydasiga tanlov qilishi kerak. Shimoliy Koreya o‘z tuzumining yakunlanishi va xalqining halokatiga olib keluvchi har qanday harakatni muhokama qilishni to‘xtatishi kerak", deb aytgan Mettis. 

Mettis Shimoliy Koreya qurol-aslaha poygasi va istalgan mojaroda mag‘lub bo‘lishiga ishonchi komilligini aytdi. "AQSh va uning ittifoqdoshlarining birlashgan harbiy kuchlari bugungi kunda Yerda eng aniq, eng mashq qilgan va ishonchli mudofaalar va hujum qilish imkoniyatlariga ega", deb ta'kidlab o‘tgan Pentagon rahbari. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agar Shimoliy Koreya tomondan AQShga rostmana tahdid bo‘lsa, unga qarshi "olov va g‘azab ila" javob berish bilan tahdid qilgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid