Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Vaqti kelganida Xalqaro Press klubda o‘zim ham ishtirok etaman
Videoselektorda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, Davlat rahbari majlisda Xalqaro Press-klub faoliyatiga alohida to‘xtaldi. Prezident “XPK shunchaki tashkil etilmagani, u hududlardagi o‘zgarishlarni aks ettirishi”ni qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti XPKning joylarda sayyor sessiyalarini joriy etganini yuqori baholadi. Mirziyoyev, XPKning har bir sessiyasini bevosita kuzatishini aytar ekan, videoselektorda rahbarlarga XPK sessiyalariga muovinlarini yuborishni taqiqladi. Bundan keyin Prezident topshirig‘iga binoan Xalqaro Press-klubning barcha yig‘ilishlarida faqat vazirliklar, hokimliklar, idora va tashkilotlarning birinchi rahbarlari ishtirok etadi.
“Press-klubga o‘rinbosarlar bormasin”, - deya alohida uqdirdi Davlat rahbari. Shu o‘rinda, Shavkat Mirziyoyev vaqti kelganida XPK sessiyasida o‘zi ham ishtirok etishini alohida ta'kidladi.
Prezident Mirziyoyev Davlat rahbari, xususan, Press-klubning o‘tgan haftada Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlariga uyushtirgan safariga e'tibor qaratib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida amaliy o‘zgarishlar ko‘lami kengligini ushbu sayyor sessiyalar ham isbotlaganini bildirdi. Bundan tashqari, Prezident Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevning faoliyatini ham ijobiy baholab, viloyati hokimi lavozimiga tayinlanganiga qisqa vaqt bo‘lganiga qaramay, uning xalq orasiga kirganini XPKning sayyor sessiyasidagi so‘zlaridan bilish mumkin bo‘lgan.
Prezidentning aytishicha, viloyat hokimlarining XPKdagi ishtiroki va unda javob berishlaridan ularning xalq orasiga qanchalik kirib borgani, dardu-tashvishidan naqadar xabardor ekanini bilib olsa bo‘ladi.
Shu o‘rinda, ta'kidlash joizki, Prezident Mirziyoyev XPKning “O‘zavtosanoat” AJga viloyatlarga safarlarni tashkil etish uchun avtobus so‘rab qilgan murojaatidan xabar topgach, “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyatiga Press-klub uchun eng so‘nggi rusumdagi yumshoq o‘rindiqli “Isuzu” avtobusni Prezident nomidan sovg‘a qilish vazifasini topshirgan.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025