Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy tumanida yana bir firibgar qo‘lga olindi
Yakkasaroy tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Yakkasaroy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to‘latib berishga va'da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan “La-Bufet” nomli kafeda, 1966 yilda tug‘ilgan Yashnobod tumanida yashovchi Kolesov Vladimir, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.O.ga Rossiya Federatsiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to‘latib berishga va'da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlanib, ushlandi.
Yakkasaroy tuman IIB tomonidan fuqaro Kolesov Vladimirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
19:47 / 15.11.2025
Yakkasaroy tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
10:44 / 08.05.2025