Sport | 21:56 / 10.08.2017
11943
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir transfer mashmashasi. Dembele nimadan norozi ekani oydinlashdi

Dortmundning «Borussiya» klubi «Barselona»dan Usmon Dembele bo‘yicha taklif olgani va bu taklifni rad etganini tasdiqladi. Bu haqda «Borussiya» rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda tomonlar transfer imkoniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashgani aytilgan.

Dortmundliklar qayd etishicha, taklif ko‘rib chiqilgan, ammo «bu taklif futbolchining salohiyatiga va hozirgi transferlar bozoridagi holatga mos emas».

Bundan avvalroq, Dembele uchun «Borussiya»  «Barselona»dan 150 mln yevro talab etishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Usmon Dembele jamoaning mashg‘ulotlariga kelishdan bosh tortdi va qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti.

Bu vaqtda uni qo‘lga kiritish uchun «Real» ham harakat boshlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid