Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya avtomobil boshqarmasi Ford mashinalarini tekshirishga qaror qildi
Foto:SS0 Public Domain
Germaniya federal avtomobil boshqarmasi (KBA) Ford avtomobilsozlik kompaniyasini avtomobillarida zararli moddalar chiqarilishi ko‘rsatkichlarini pasaytiruvchi taqiqlangan qurilma borligiga tekshirmoqda.
Wirtschaftswoche nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya transport vazirligi KBA’ga Ford Mondeo modelini taqiqlangan qurilma borligiga tekshirishni buyurgan. Ta'kidlanishicha, tekshiruv boshlab yuborilgan.
O‘z navbatida, Ford’ning Germaniyadagi didektori Gunnar Xerrmann nashrga “dizel modellarda chiqindi gazlarni qayta ishlash uchun noqonuniy qurilma ishlatilmasligini” aytgan.
2015 yil sentabrda Germaniyaning Volkswagen avtokonserni AQSh hukumati uni zararli moddalarni tashqariga chiqarishdagi sinovlar natijalarini soxtalashtirishda ayblagandan keyin mojaro markazida qolgandi. “Dizelgeyt” deb nom olgan bu mojaro 11 mln dan ko‘proq avtomobilni qamrab olgan. Oqibatda kompaniya o‘z avtomobillariga sinovlar natijalarini kuchli pasaytiruvchi maxsus dastur o‘rnatganini tan olgan.
Mavzuga oid
07:38
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026