Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyaga qayiqda kelgan muhojirlar har tomonga qochib ketdilar
Afrikalik muhojirlar bo‘lgan qayiq kuppa-kunduz kuni Ispaniyaning Playya-de-los-Alemanes kurorti plyajiga yetib kelib, u yerda dam olayotganlarni qo‘rqitib yubordi, deb xabar bermoqda BBC News.
Shimoliy Afrikadan bo‘lgan 30 ga yaqin muhojir plyajga damlangan qayiqda kelgach, undan sakrab tushib, quruqlikka qarab qochishgan. Plyajda bir nafargina politsiyachi navbatchilik qilgani sababli ularni to‘xtatishning iloji bo‘lmagan.
Dam oluvchilardan biri tomondan suratga olingan ushbu holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan.
Muhojirlar Ispaniyaga yetib kelish uchun Gibraltar bo‘g‘ozini kechib o‘tishgan. Ayni vaqtda ular qayerdaliklari noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026