Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mail.ru daromadi 2012 yildan beri ilk marotaba eng yuqori natijani qayd etdi
2017 yilning ikkinchi choragida Mail.ru Group daromadi 36,8 foizga o‘sib, 13,1 mlrd rublni tashkil etdi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, bu 2012 yildan beri rekord darajadagi tushumdir. Guruhning EBITDA ko‘rsatkichi aprel-iyun oylarida 6,5 foizga oshib, 4,6 mlrd rublni tashkil etmoqda. EBITDA bo‘yicha rentabellik 35 foizdir.
Sof foyda 2,1 foiz o‘sib, 3 mlrd rublni tashkil etgan. Tahlilchilar daromad 12, 3 mlrd rubl, EBITDA — 4,7 mlrd, sof daromad — 3,3 mlrd rubl bo‘lishini taxmin qilishgan edi. Daromadning asosiy qismi reklamadan tushgan. Bu boradagi ko‘rsatkich 28,7 foizga o‘sib, 5,4 mlrd rublni tashkil etgan. Ta'kidlanishicha, reklamadan tushayotgan daromad ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar tasmasi, video va mobil reklamadandir.
MMO-o‘yinlar daromadi 53,6 foizga o‘sgan va 3,8 mlrd rublni tashkil etgan. Kompaniyaning qayd etishicha, guruhning xorijiy daromadi ulushi ilk marta 50 foizga yetmoqda. IVAS segmenti (ijtimoiy xizmatlar uchun foydalanuvchilar to‘lovi) bir necha yillar davomidagi turg‘unlikdan so‘ng, birinchi marta ijobiy o‘sishni qayd etdi. Daromad 24,4 foizga o‘sib, 3,4 mlrd rublni tashkil etdi.
Sof pul qoldig‘i iyun oyi oxirida 8,6 mlrd rublni tashkil etgan.
Mavzuga oid
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
10:03 / 13.11.2025
2025 yil III choragi: ishsizlar ulushi 4,9 foiz
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
15:05 / 07.03.2025