Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dembele «Barselona»ga o‘tishni qattiq istamoqda
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Usmon Dembele «Barselona»ga transferi amalga oshishini qattiq istamoqda.
Sport.es xabariga ko‘ra, 20 yoshli fransiyalik hujumchi nemis klubi harakatlaridan qattiq norozi bo‘lgan. «Borussiya» 1 kun ichida katalonlarning ikki taklifini rad etdi: birinchisi – 75 million yevro va 20 million yevro miqdorida bonuslar, ikkinchisi – 90 million yevro va 40 million yevro miqdorida bonuslar.
Bir yil muqaddam, Dembele «Renn»dan «Borussiya»ga o‘tishidan oldin ham «Barselona» ushbu futbolchiga qiziqqandi. Ammo o‘shanda yosh futbolchining iqtidoriga ishonch bildirilmagandi. Hozirda fransuz futbolchisi o‘shanda dortmundliklar bilan og‘zaki kelishuvga ko‘ra, agar katta klublardan biri taklif qilsa, «Borussiya» uni qo‘yib yuborishi kerakligi haqida og‘zaki kelishuv tuzgani ma'lum bo‘lmoqda.
Xabarlarga ko‘ra Dembele «Barselona» bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra futbolchi 5 yillik shartnoma imzolab, jami 50 million yevro ishlaydi.
Sport.es ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining transferi vaqt o‘tib albatta ro‘y beradi, hozircha «Borussiya» uning uchun 150 million yevro talab etmoqda.
Kecha Dembele jamoaning mashg‘ulotlariga kelmadi. U buni izohsiz qoldirgan. Xabarlarda u dortmundliklar rahbariyati Kataloniya klubi taklifini rad etgani haqida xabar topgach, g‘azabga mingan.
Klub esa uni qoidani buzgani uchun jamoadan chetlashtirdi va jarima belgiladi.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026