Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy ma'muriyati KXDR bilan "sahna ortida" diplomatik aloqa o‘rnatgani ma'lum bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati bir necha oy davomida boshqa kanallar orqali Shimoliy Koreya bilan "xotirjam diplomatiya o‘rnatgan". Bu haqida Associated Press xabar berdi.
Ma'lumki, iyun oyida tomonlar KXDRdagi amerikalik talabani ozod qilishga doir muzokaralar olib borishgan. Ta'kidlanishicha, hozirga qadar aloqalarning davomi haqida ma'lumot yo‘q, shu bilan birga amerikalik mahbuslar taqdiridan boshqa mavzular ko‘tarilgan yoki yo‘qligi ham noma'lum.
Manbaga ko‘ra, bu aloqalar KXDRning yadroviy dasturi atrofidagi taranglikni bartaraf etish uchun "hozircha hech qanday ish bergani yo‘q".
Muzokaralardan xabardor manbalarning so‘zlariga ko‘ra, agar Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In harbiy ritorikani chetga surib, muloqotni qo‘llab-quvvatlashsa, "sahna ortidagi muhokamalar hali ham jiddiy kelishuvlarga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin".
Mavzuga oid
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
17:59 / 12.02.2026
Gallup AQSh prezidentining ma’qullash reytingini e’lon qilishni to‘xtatadi
15:52 / 12.02.2026