Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Persey yulduzlar yomg‘iriga guvoh bo‘lish mumkin

Illyustrativ foto
12 avgustdan 13 avgustga o‘tar kechasi Yer aholisi fazoviy kengliklardagi ajoyib voqelik guvohiga aylanishlari mumkin. Osmon bulutsiz bo‘lsa, dunyoning turli mintaqalarida soatiga 150 tagacha meteorit yonishini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bunga eng yorqin Persey meteorlarining kuchli oqimi yaqinlashgani sabab bo‘ladi.
"Eng faol vaqti Toshkent vaqti bilan 12 avgust kuni 19:00 dan 13 avgust 7:30 gacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida osmon ochiq bo‘lsa daqiqasiga 2-3 tagacha yulduz uchishini ko‘rish mumkin". Xalqaro meteor tashkilotining meteorlar yomg‘iriga doir jadvalida shu haqda qayd etilgan.
Persey yulduzlarining "yulduzlar yomg‘iri" 17 iyuldan 24 avgustgacha davom etadi. Bunda uning eng yuqori cho‘qqisi 11-13 avgust tunlariga to‘g‘ri keladi. Aynan shu kunlari yorqin yulduzlar yomg‘iriga guvoh bo‘lish mumkin.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34