Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya “yulduzlar yomg‘iri”ni chaqirishni rejalashtirmoqda
Foto: AFP 2018 / Ethan Miller
Yaponiya yanvarda orbitaga sun'iy yo‘ldosh uchirib, uning yordamida ilk bor sun'iy “yulduzlar yomg‘iri”ni chaqirmoqchi. Bu haqda ushbu ko‘ngilochar loyiha bilan shug‘ullanayotgan ALE kompaniyasi ma'lum qildi.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, sun'iy yo‘ldosh orbitaga JAXA koinot agentligining “Epsilon-4” raketasi bilan olib chiqiladi. “Yulduzlar yomg‘iri”ni esa 2020 yil bahorida Xirosima va 200 kmgacha atrofdagi hududlardagi 6 mln kishi kuzatishi mumkin bo‘ladi.
Sun'iy yo‘ldoshga 400 ta metall sharcha yuklanadi. Bu sharchalar atmosferaning zich qatlamlariga kirganda yerdan 60 km balandlikda yonib, meteorlar kabi effekt beradi. Har bir sharchaning kattaligi diametrida 1 smdan oshmaydi. Sun'iy yo‘ldoshning o‘zi esa Yerdan 400 km balandlikda joylashadi.
ALE’da ta'kidlanishicha, sun'iy “yulduzlar yomg‘iri” atrof-muhitga hech qanday zarar keltirmasligi kerak.
JAXA “Epsilon-4” raketasi 17 yanvarda Tinch okeani bo‘yidagi Utinoura kosmodromidan uchirilishi rejalashtirilayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026
Uyquda bosh holatini o‘zi o‘zgartiradigan Mirukuru yostig‘i taqdim etildi
19:43 / 04.04.2026