Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Shimoliy Koreya AQShga tahdid qilishni davom ettirsa, “chinakamiga” afsus qiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya AQSh va uning ittifoqdoshlariga tahdid qilishni davom ettiraversa, afsus qilishini aytdi.
“Agar (Kim Chen In – tahr.) u ochiqcha tahdid shaklida yana biror gap gapirsa yoki Guamga nisbatan yoki AQSh va uning ittifoqdoshlari hududidagi istalgan joyga nimadir qilsa, u tez orada bu haqda chinakamiga afsus qiladi», deb aytgan Tramp.
Tramp Shimoliy Koreya rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini anglayotganiga umid bildirgan. “Ular men aytgan gaplarning qanchalik jiddiyligini to‘liq anglamoqdalar, deb umid qilaman. Bu tushunish oson bo‘lgan gaplar”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Avvalroq AQSh prezidenti Vashington Pxenyanning aqlsiz harakatlariga qarshi harbiy javob tayyorlaganini aytgan. “Shimoliy Koreya aqlsiz harakat qilishi holatiga harbiy yechimlar to‘liq tayyor. Umid qilamanki, Kim Chen In boshqacha yo‘l topadi!”, deb yozgandi Tramp tvitterda.
Oxirgi haftada Pxenyan va Vashington bir-birlariga tahdidlar bildirishgan. Avval Tramp Shimoliy Koreyadan AQShga nisbatan real xavf solinsa, Pxenyanga ’olov va g‘azab” bilan javob berishga va'da bergan. Shimoliy Koreya bunga javoban AQShning Guam orolidagi harbiy obektlariga zarba berish imkoniyatini qo‘rib chiqayotganini aytgan. O‘z navbatida Tramp bu tahdidga agar Shimoliy Koreya yetakchisi Guam bilan nimadir qilsa, Shimoliy Koreyada “hali hech kim ko‘rmagan hodisa yuz berishini” aytgan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026