Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon IShIDning 4 nafar qo‘mondoni yo‘q qilingani haqida xabar berdi
Pentagon 10 avgust kuni Afg‘onistonda amalga oshirilgan aviazarba natijasida IShIDning to‘rt nafar qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi.
Kobuldagi Amerika qo‘mondonligi bayonotida shu haqida xabar berildi.
Qo‘mondonlik ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy operatsiya natijasida Afg‘onistonning Kunar viloyatida o‘zini viloyat amiri deya e'lon qilgan Abdur Rahmon ham yo‘q qilingan.
Afg‘onistondagi AQSh kuchlari qo‘mondoni general Jon Nikolsonning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Afg‘onistondagi IShID harbiylari ustidan g‘alaba qozoniladi.
Iyul oyida Pentagon Kunarda IShIDning Afg‘onistondagi rahbari Abu Said va terrorchi tashkilotning yana bir necha a'zosi yo‘q qilingani haqida xabar bergandi.
IShID - qator mamlakatlarda faoliyati taqiqlangan terrorchi guruh.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026