Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Koutino va Dembele bo‘yicha muzokaralarni shu haftada hal qilmoqchi
«Barselona» yozgi transferlarda Filippe Koutino va Usmon Dembele bilan tarkibni kuchaytirish niyatidan qaytgani yo‘q.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi bu futbolchilarning har biri uchun kamida 100 million yevrodan sarflashga tayyor va muzokaralarni shu haftada yakunlashni istamoqda.
Bundan avvalgi xabarlarda «Liverpul» va «Borussiya» o‘z futbolchilari uchun 150 million yevrodan talab etayotgani bildirilgandi.
Bundan tashqari, «Liverpul» Koutino o‘zini Kataloniyaga qo‘yib yuborishni istab, shu borada so‘rov yo‘llaganiga qaramasdan, bu so‘rov rad etilgan. «Borussiya» ham Dembeleni sotmoqchi emas va unga o‘rinbosar qidirmayapti. Dembele bundan norozi bo‘lib, mashg‘ulotlarni boykot qilgan, natijada klub uni noma'lum muddatga jamoadan chetlatgan.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026