Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaliklarning 45 foizi Tereza Meyning erta iste'fosini xohlamoqda
Independent nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, britaniyaliklarning qariyb yarmi mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning siyosatidan norozi.
Ta'kidlanishicha, so‘rovda qatnashganlarning deyarli yarmi u o‘z lavozimida 2022 yilgi saylovlarga qadar qola olmasligini bildirishgan. Ularning fikricha, ko‘plar Meyning siyosatidan norozi. Respondentlarning faqatgina 29 foizi uni hokimiyat tepasida qolishini istashlari haqida ma'lum qilishgan bo‘lsa, kishilarning 45 foizi uning erta iste'fosini xohlamoqda.
Ishtirokchilarning 58 foizi esa uning rahbarligidan norozi ekanliklarini bildirishgan. Respondentlarning 42 foizi bosh vazir ishidan qoniqayotganliklarini aytgan.
Nashrning yozishicha, uning raqibi, Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin britaniyaliklar orasida mashhur bo‘lib qolishda davom etmoqda, uning ommaboplik reytingi Meydagi 32 foiz bilan taqqoslaganda 33 foizlik ko‘rsatkichga yetgan.
Avvalroq madam Tyusso muzeyi tvitterda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning mum haykali ustida ish olib borilayotganini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026