Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli avtomobil bozorida o‘g‘irlik qilgan 20 yoshli yigit ushlandi
Sergeli tumanida joylashgan “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” hududida turgan “Damas” rusumli avtoulovning narxi 1200000 so‘m bo‘lgan orqa tortish moslamasini noma'lum shaxs o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumani IIB profilaktika inspektorlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan Z.D. sodir etgani aniqlanib, ushlandi. Undan ashyoviy dalil sifatida ehtiyot qism olindi.
Fuqaro Z.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi, o‘g‘rilik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026