Toşkent şahrida birovning maşinasini öğirlagan şaxs uşlandi. Bu haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, erkak Yunusobod tumanidagi avtomobillarni yuviş şoxobçasidan Spark maşinasini egasining ruxsatisiz olib qoçib ketgan. Toşkent şahar IIBB Jinoyat qidiruv boşqarmasi hamda YHXB qidiruv bölimi xodimlari olib borgan tezkor suriştiruv işlari natijasida maşina Bektemir tumanida topilib, gumondor qölga olingan.
“Moyka”dan Spark’ni olib ketib qoldim. Bu yoqqa kelganimga hozir bir soatça böldi. Maqsad – “zapçast” qilib sotiş edi. Onlayn qimor öynayman. Öşanga pul tikib, yutaman degan maqsadda şu işni qildim”, degan erkak.
Hozirda holat yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekşiruv va protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Toşkent şahar YHXB fuqarolardan maşinalarini qarovsiz qoldirmaslik, kalitlarini begona şaxslarga işonib topşirmaslik hamda xavfsizlik çoralariga qat’iy rioya qilişni söragan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 267-moddasiga köra, transport vositasini talon-toroj qiliş maqsadida öğrilik yoki talonçilik yöli bilan olib qoçiş 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.









