21:15 / 15.08.2017
9912

Ingliz klubi Useyn Boltni ko‘rikdan o‘tishga taklif qilmoqchi

Foto: EPA/IAN LANGSDON

Angliya chempionatining kuchliligi bo‘yicha 2-divizioni - chempionshipda ishtirok etuvchi "Berton Albion" klubi o‘z faoliyatini tugatgan, 8 karra Olimpiya chempioni, yamaykalik sprinter Useyn Boltga klubda ko‘rikdan o‘tishni taklif qilishga tayyor. Bu haqda The Sun nashriga klub prezidenti Ben Robinson ma'lum qilgan.

Bolt bir necha marotaba o‘z kuchini professional futbolda sinab ko‘rish istagini bildirgan.

“Men murabbiyimiz kabi Useynga ko‘rikdan o‘tishni taklif qilishdan xursand bo‘lardim, chunki u juda tezkor va jismonan ajoyib tayyor. Bunda yoshligida futbol o‘ynagan sprinter Adam Jyemilini eslash mumkin. Biz Boltni taklif qilishdan manfaatdormiz”, deb aytgan Robinson.

Bolt 11 karra jahon chempioni, 8 karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. Yamaykalik qatorasiga uchta Olimpiadada 100 va 200 metrlik masofalarga yugurishda g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan yagona sportchidir. Unga, shuningdek, 100 metr (9,58 soniya) va 200 metrga (19,19 soniya) yugurish bo‘yicha amaldagi jahon rekordlari tegishli. Kuni-kecha yakunlangan Londondagi jahon chempionatida Bolt 100 metrga yugurishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid
Top