Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Useyn Boltning futbolchilik faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi
Yengil atletika bo‘yicha 8 karra Olimpiya va 11 karra jahon chempioni, yamaykalik Useyn Bolt futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Afsonaviy sprintchi Avstraliyaning “Sentral Kost Meriners” klubida to‘p surayotgandi.
“Bu yaxshi tajriba bo‘ldi, menga jamoada bo‘lish yoqdi. Bu yengil atletikaga nisbatan o‘zgacha bo‘ldi, men jamoada ishtirok etayotgan vaqtimda chinakamiga zavq oldim”, deb aytgan 32 yoshli sportchi.
Bolt 2018 yil avgustda “Sentral Kost Meriners” bilan kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, Bolt jamoa bilan mashq qilib, professional shartnoma olish imkoniga ega bo‘lgan. Keyinroq “Makartur Saut Vest Yunayted” klubiga qarshi o‘yinda Bolt o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ygan. Avstraliya klubi rahbariyati sportchi bilan shartnomani tuzmaslikka qaror qilgan.
Avvalroq Bolt Diyego Maradona murabbiylik qilayotgan,. Meksikaning “Dorados” klubi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Bolt yengil atletikani Londondagi 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin tark etgan. Yamaykalik 100 va 200 metrlik masofalarga yugurishda qatorasiga uchta Olimpiadada (2008, 2012, 2016) oltin medalni qo‘lga kiritgan yagona sportchi hisoblanadi. Uning hisobida shuningdek 100 va 200 metrga yugurishdagi amaldagi rekordlar bor.
Mavzuga oid
22:51 / 04.04.2026
Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
16:56 / 03.04.2026
Eron futbolida nima gap?
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
15:28 / 28.03.2026