Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ronaldu ortidan Zidan ham diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Foto: TK «Zvezda»
Ispaniya chempionati hakamlari texnik qo‘mitasi “Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidanni 10 o‘yinga diskvalifikatsiya qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
Nashrning ta'kidlashicha, Zidan Krishtianu Ronalduning 5 o‘yinga chetlatilishi borasida aytgan so‘zlari uchun shu tariqa jazolanishi mumkin. “Siz bunday qarorni ko‘rganingizda, bu yerda hammasi men o‘ylaganchalik oson emas, deb o‘ylay boshlaysiz”, deb izoh bergan Ronalduning diskvalifikatsiya qilinishiga Zidan.
Ta'kidlanishicha, agar texnik qo‘mita Zidanni aybdor deb topsa, u 4 o‘yindan 10 o‘yingacha o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ispaniya Superkubogining birinchi uchrashuvida hakamni orqasidan turtgani uchun 5 o‘yinga chetlatildi.
Mavzuga oid
20:54 / 08.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
23:47 / 11.07.2025
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
14:49 / 23.11.2023
O‘zbekiston o‘smirlari Angliyani JChdan chiqarib yubordi. Navbatda Fransiya
14:47 / 03.11.2023