Indoneziyada bölib ötayotgan U17 jahon çempionatida Özbekiston vakillari sensatsiya ortidan sensatsiya qayd etmoqda. Jamoa Ispaniya, Mali va Kanada bilan guruhdan pley-offga çiqib, mini-sensatsiya körsatib bölgandi. Jamoliddin Rahmatullayev şogirdlari guruh bosqiçining 3-turida Yevropa jamoasiga qarşi öyinda 0:2 hisobidan çiqib ketgan (2:2) va yakunda eng yaxşi uçinçi örin egalari safida nimçorakfinalga ötgandi.

Jamoa allaqaçon çorakfinalda, qolaversa, avtomatik ravişda yarimfinalga ötişi mumkin: navbatdagi raqib Fransiya safida oldin Niger ösmirlar jamoasi uçun öynagan futbolçi bor.

Eng yaxşi natija takrorlandi: Özbekiston yana 1/4 finalda. Angliya qanday mağlub etildi?

Angliya – Özbekiston – 1:2
Gollar: Amirbek Saidov 4, Lazizbek Mirzayev 67 – Jojl Ndala 36.
Angliya U-17: Tommi Setford, Joş-Kofi Açempong, Jyeyden Megoma, Lekli Samuel, Samuel-Smit, Sam Amo-Ameyav (Jastin Obovaoduo, 80), Joel Ndala, Denni Rays (Finli Mak Allister, 46), Mayls Lyuis-Skelli, Kris Rig (Etan Nvaneri, 63), Metti Verhorst.
Özbekiston U-17: Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek Tölqinbekov, Ozodbek Öktamov (Yahyo Örinboyev, 46), Lazizbek Mirzayev, Behröz Şukurullayev, Amirbek Saidov, Behruz Jumatov, Muhammadali Reimov, Ollobergan Karimov, Şerzod Abdulboriyev, Dilşod Abdullayev.

1/8 finalda Özbekistonga çempionatning asosiy favoritlaridan biri – Angliya raqib bölgandi. Britaniyaliklar guruh bosqiçida Eron (2:1) va Yangi Kaledoniyani (10:0) mağlub etgan, Braziliyaga yutqazgan (1:2), yakunda guruhda birinçi örinni egallagandi.

Özbekiston Ispaniya, Mali va Kanada bilan bir guruhda uçinçi bölgandi. Dastlabki öyinda Maliga yutqazgan (0:3) bölsa-da, keyin Kanada tor-mor etilgan (3:0), sönggi turda turnirning yana bir favoriti bölgan ispanlar bilan durang (2:2) öynalgandi. Yakunda oltita guruhdagi eng yaxşi uçinçi örin egalari qatorida Venesuela bilan uçinçi-törtinçi örinlarni bölişgan holda nimçorakfinalga çiqdi.

Va 1/8 finalda Özbekiston aynan Angliyaga röpara keldi. Ha, özbekistonliklar inglizlarga raqobat körsatdi, ammo deyarli heç kim ulardan ğalaba kutmayotgandi. Angliya jamoasi safida «Çelsi» akademiyasidan beş, «Siti»dan tört, «Arsenal»dan ikki, «MYu»dan ham bir futbolçi bor edi. Darvozabon Setford – «Ayaks» vakili.