Diqqat, ogoh böling! «Men Majburiy ijro byurosidanman»
|16:10 / 17.08.2017126 1386 min
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (MIB) taşkil etilganini bilasiz. Prezidentimizning joriy yil 30 maydagi qaroriga asosan, Byuro xodimlari xizmat kiyimi va farqlovçi belgilari bilan ta'minlangan. Byuro va uning hududiy tuzilmalari yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilişini ta'minlay oladigan malakali kadrlar bilan töldirilgan. Şuningdek, har sohada bölganidek, MIB xodimlari ham xizmat guvohnomalariga ega bölişlari kerak.
Mazkur qaror böyiça MIB xodimlari gaz va elektr energiyasidan qarzi borlarni nazorat qiladi. Ha, faqat qarzdorlarni. Qarzini tölaşga imkoni yöqlarning mol-mulki qarzdorlik hisobidan musodara etiladi. Mayli, hozir bu haqda gaplaşmaymiz. Bugungi kun mavzusi MIB xodimlarining qanday nazorat olib borayotgani xususida.
Özimiz guvoh bölgan voqeani yozamiz. Toşkent viloyatida joylaşgan Toşkent dengizini köpçilik biladi. U yerni Prezidentimiz kurort maskanga aylantirişni ham taklif etgan. Ana şu dengiz atrofidagi qişloqda qiziq bir voqea sodir böldi.
Yelkasiga sumka ilgan, qöliga qanaqadir papka uşlagan bir odam köça boşidagi uy eşigi oldida töxtab, avvaliga taqillatdi, keyin baqirib çaqirdi. Içkaridan «hozir» degan ovoz, keyin esa örta yoşlardagi erkak çiqib keldi. Mehmon Majburiy ijro byurosi xodimi ekanini, gaz va elektr böyiça qarzdorlikni tekşirib yurganini aytdi. Mezbonning yuzi tirişdi.
– Keça kelgan odam kim edi unda? – dedi u norozi qiyofada.
Tayinli javob olmagaç, xodimdan hujjatini körsatişni söradi. Afsuski, mehmon işga yangi kelgani, hali guvohnoma olmaganini vaj qildi. Mezbon uyiga kirib, birozdan söng qoğoz parçalari bilan qaytib çiqdi. Kvitantsiyalarni xodimga körsatib, heç nimadan qarzi yöqligini ta'kidladi. MIB xodimi esa ularni yaxşilab közdan keçirdi, papkasidan katta daftarni olib, unga bir nimalarni yozdi.
– Bir maslahat beraymi, aka, – dedi mezbon dabdurustdan xodimning yozuv-çizuvini kuzatarkan. – Yaxşisi, hujjat olib yuring, formangiz ham yöq ekan. Agar biror jiddiyroq odamga röpara kelsangiz, özingiz qiynalib qolasiz.
Xodim miyiğida kulib, kvitansiyalarni egasiga qaytardi va xayrlaşdi. Keyingi xonadon eşigini borib taqillatdi. Boyagi erkak bilib aytganmidi yoki yöq, lekin bu uyning egasi ança jiddiy odam çiqdi. Yoşi oltmişdan oşgan, soçiga oq oralagan bir çol eşik oldida turgan MIB xodimiga uzoq tikildi, keyin «nima gaping bor?» degandek boşini qimirlatdi.
Mavzuga oid
– Assalom alaykum, amaki, yaxşimisiz? Gaz bilan tokni tekşirgani keldim, qarzdorlik böyiça, – dedi xodim özini dadil tutişga urinib.
– Valeykum. Sen özi kimsan?
– Majburiy ijro byurosidanman.
– Qani hujjating? Qani formang?
– Amaki, hali yangiman, hujjat bilan forma hozirça bizga yetmadi...
– Unda buyruğing qani? – çört kesdi çol.
Xodim kalovlandi. Nima qilsam ekan, deb öyladi. Uning xayollarini uy egasining ovozi böldi.
– Qani, içkariga kir-çi. Bir tanişib olaylik.
Çol içkariga yurdi, ortidan xodim ham ergaşdi. Darvozaxonadan ötgaç, çetdagi supaga ötirgan mezbon xodimga tuşuntira ketdi:
– Sen şu haftani özida tekşirgani kelgan uçinçi odamsan. Qaysi biringga işonaylik? Sengayam aytaman, uyimizda tok va gaz yöq, 4 yil oldin rasman uzdirib qöyganman. Şundoq ekan, heç qanaqa qarzdorlik ham yöq. Böldimi?
– Iye, osmondan tuşganmisan, bolam? Qişloqdagilar qanday yaşayotgan bölsa, şunday. Bor, kompyuteringdan kör, uzib qöyilgan. Bölmasa, ana, tomga çiq.
– Yöq, amaki, men daftarimga yozib qöyişim kerak. Aktlarni körsating, ketaman.
– Nega senga körsatişim kerak? Na hujjating bor, na formang, na buyruğing. Balki biror ğaraz niyatli kimsadirsan, keçasi çol-kampir özimiz yotamiz, uyimizni ship-şiydon qiliş uçun «razvedka»ga kirgandirsan.
– Nimalar deyapsiz, amaki?..
– Hujjating bölmagandan keyin har xil xayolga boraman, töğrimi? Mayli, senga aktlarni körsataman, lekin hamma «danniy»laringni yozvolaman. Özimam organda işlaganman, hozir hujjatimni obçiqaman.
Çol içkariga kirib ketdi. Xodim vahimaga tuşa boşladi. Yuzidan ter oqib tuşayotgani kun issiğidan bölsa kerak. Oyoq-qöllari qaltiragani asablari joyida emasligidandir balki. Çol aktlarni olib çiqqunça u öziga kelib qoldi. Hamma hujjatlarni körib, daftariga qayd etgaç, amaki bilan xayrlaşmoqçi böldi.
– Şoşma, qayoqqa ketasan? Endi men seni tekşiraman.
Mezbon MIB xodimining ism-familiyasi, lavozimi, manzili haqidagi barça ma'lumotlarni yon daftarçasiga yozdi. Keyin unga xotirjam qarab:
– Senga pul tölamay qoçib yurganlar kerakmi? Ana, Toşkent dengiziga bor, hammasi tapçan qurvogan, kimi tölaydi, kim yöq. Şunaqa odamlarni uşlamoqçimisan, marhamat, neçtalab daçalar bor, tekşir şularni. Toksiz, gazsiz ötirgan oddiy xalqqa kelib, qarzingizni tölang, demasdan. Lekin men sen bilan alohida şuğullanaman, boşliğingni taniyman, agar özing ham bilsang.
MIB xodimi çoldan arang qutulib qoldi. Keyin qayerga bordi, kimnikiga kirdi yoki uyiga qaytib ketdimi, bunisi bizga qoronğu. Qissamizdan hissa şuki, Prezidentimiz aytganidek, prokurorlar halol işlaşi kerak, şuningdek, hukumat nomidan kelgan oddiy xodimlar ham.
Qolaversa, eşigimizni taqillatib kelgan har bir xodimning hujjatini söraşni unutmaylik. Hujjatsiz va maxsus kiyimsiz biror xodimga hisob bermasligingiz yoki uni uyga kiritmasligingiz mumkin. Bu sizning, bizning huquqimiz.