Sport | 11:10 / 19.08.2017
12691
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona»da Koutino va Dembele transferi barbod bo‘lsa, muqobil variantlar bor

«Barselona» agar Usmon Dembele («Borussiya» D) va Filippe Koutino («Liverpul») transferlari amalga oshmasa, muqobil variantlar topib qo‘ydi.

Sport.es xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yuqorida nomi tilga olingan futbolchilarni sotib ololmasa, «PSJ»dan Anxel Di Mariya va «Nitstsa»dan Jan-Mikael Serini sotib oladi.

Bundan avvalgi xabarlarda Messi Di Mariya «Barselona»ga kelishini istashi aytilgandi. Argentinalik xavbekning o‘zi ham Ispaniyaga qaytishga qarshi bo‘lmaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid