Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimi: neft va gaz sohasida o‘ta innovatsion loyihalarga yo‘l ochildi
«Qashqadaryo: taraqqiyot, sanoat va agrosalohiyat» mavusida bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klubning Qashqadaryodagi sayyor sessiyasida moderator Sherzodxon Qudratxo‘jayevning viloyatdagi neft-gaz sanoati salohiyati va bu borada olib borilayotgan ishlar xususidagi savoliga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyati Respublikamizda qazib olinayotgan tabiiy gazning 67 foizi, gaz kondensatining 87 foizi, neftning 73 foizini yetkazib bermoqda. Jumladan, yangidan barpo etilayotgan GTL zavodidek mega-loyiha jahonda o‘zi 4tagina borligi, O‘zbekistondagisi 5-chisi bo‘layotgani qayd etib o‘tildi.
Viloyatda «Muborakneftgaz», Muborak gazni qayta ishlash zavodi, «Sho‘rtanneftgaz» va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kabi zavodlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu korxonalarda ayni damda 30 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.
Jumladan, ayni paytda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish ustda ish olib borilmoqda. Anchadan beri rejalashtirilgan va turli sabablar qurilishi bilan keyinga surilib kelingan GTL zavodini barpo etish ishlari 2016 yilning dekabridan boshlab yuborilgan. 2020 yil oxiriga borib har ikki qurilish o‘z nihoyasiga yetkazilib, foydalanishga topshirilishi XPK sessiyasida ta'kidlab o‘tildi.
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshida tashkil etilgan neft va gaz fakultetida ayni damda 2 mingdan ziyoda talaba ta'lim olmoqda. Ularga ta'lim berishda 16ta laboratoriya xizmatidan foydalanilmoqda. Yangi neft-gaz sohasiga oid laboratoriyalar yaratish, soha uchun yetuk mutaxassislar yetkazib berish ustida ish olib borilmoqda.
Salohiyati o‘ta katta bo‘lgan GTL loyihasi ishga tushadigan bo‘lsa, nafaqat dizel va aviakerosin, shuningdek nafta, polietilen, plipropelen kabi eksportbop mahsulotlar ham ishlab chiqariladi. Ushbu zavodda 900ga yaqin ish o‘rni yaratilishi bilan bir qatorda, qayta ishlash, tashish va yetkazib berish kabi turdosh sohalarda undan 10 barobar ko‘proq, ya'ni, jami 10 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari ochilishi ta'kidlandi.
GTL zavodi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi yonida barpo etilmoqda. Bu zavodda toza metandan turli mahsulotlar, yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi. Yangi zavodda ishlab chiqariladigan yoqilg‘i eng zamonaviy Yevro-5 standartidan ham yuqoriroq sifatda bo‘lishi aytildi. Ushbu mahsulotni ham xorijga eksport qilish mo‘ljallangan. Shuningdek, sifatli aviakerosin ishlab chiqarish, kelajakda aviahablar barpo etish istiqbollarini ochadi.
Ushbu loyihalar haqida tushuntirish berar ekan, viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev shunday dedi:
— Prezidentimiz viloyatimizga tashrif buyurganida shaxsan o‘zi loyiha taqdimotida ishtirok etib, aniq topshiriqlar berdi. Ushbu loyihani to‘liq barpo etish masalasiga nuqta qo‘ydi. Shu bo‘yicha ish olib borilmoqda.
O‘zingiz o‘ylang, 1 litr suvni qaynatish uchun gaz yoqamiz. Energiyani behudaga sarflaymiz. Lekin o‘sha 1 litr suvni qaynatish uchun ketadigan gazdan 300 gramm polipropelen va boshqa mahsulotlar ham olish mumkin. Undan ortgan siqilgan gazni yana o‘sha 1 litr choyni qaynatishga sarflash mumkin bo‘ladi. Xullas, bu zavodlar quriladigan bo‘lsa, o‘ta innovatsion neft-kimyo sohasiga yo‘l ochiladi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026