Hozirda kiçik dökonlar, tartibsiz bozorlar örnini “Korzinka”, “Makro”, “Magnit” singari yirik supermarketlar egallab borayotgani sir emas. Köpçiligimiz xaridning qulayligi, plastik kartalarning moneliksiz qabul qilinişi singari omillar sabab şu majmualarga tobora köproq taşrif buyurmoqdamiz.
E'tibor qilsangiz, bunday dökonlarda deyarli har doim xaridimiz miqdori aniq summani taşkil qilmaydi. Masalan 109 817 söm, 76 736 söm singari tölovlarni amalga oşiramiz. Mayda pullar muomaladan çiqib qolganligi sababli sotuvçilar gugurt, salfetka, saqiç singari mahsulotlar bilan qaytim berişadi. Köp hollarda baribir hisob aniq çiqmaydi va tabiiyki kimningdir haqi kimgadir ötib ketadi hamda şu zahoti unutiladi. 100-200 sömlik qoğoz pullar yoki tangalar topib, qaytim berilgan holda ham u pullar çöntakning bir çetini xira qilib yotadi, xolos.
Agar savdo markazlari, yirik dökonlarimiz şunday mayda qaytimlarni xaridorning roziligi bilan xayriya maqsadida olib qoliş taklifini berişsa, aniqki heç kim qarşilik bildirmaydi.
Masalan 109 817 söm tölaşi kerak bölgan xaridor odatda 110 ming söm, yoki plastik karta beradi. Sotuvçi unga 183 sömni qaytariş örniga maxsus xayriya raqamiga ötkazişni taklif qilsa, xaridor albatta rozi böladi. Çunki 183 söm naqd şaklda bölsa, olişning hojati ham, iloji ham yöq, plastik karta uçun ham arzimas summa, faqat yaxlitlikni buzib, adaştiruvçi ortiqça raqamlarni hosil qiladi, xolos.
Eng muhimi xaridorda xayriya işlariga xayrixohlik hissi tuğiladi, ozgina bölsada, amalga oşirgan ezguligidan köngli kötariladi, keyinçalik öz xohişiga köra köproq ehson qilişi ham heç gap emas.
Bir kişi uçun arzimas tuyilgan bu qaytimlar yiğilib, katta mablağga aylanişi aniq. Çunki birgina dökonning özida minglab, yiriklarida ön minglab tölovlar amalga oşiriladi. 100 sömdan qolsa millionlar hosil böladi. Oy yakunida bu pullar yordamga muhtoj kimningdir hojatini çiqaradigan darajaga yetadi. Savdo markazida maxsus ekran örnatilib, ayni şu maqsadda qoldirilayotgan pullar körsatib turilsaku, nur ustiga. Çunki soniya sayin köpayib borayotgan xayriya pullari har qanday kişining könglida ezgulikka turtki berişi aniq. Faqat savdo markazlari vaqti-vaqti bilan tuşgan pullarning qayerlarga sarflangani e'lon qilib turişlari maqsadga muvofiq böladi.
Albatta, bu taklif yangilik emas, ayrim xorijiy davlatlarda turli şaklda qöllanilgan. Qolaversa, özimizning yirik savdo markazlarida ham oynavand xayriya qutilari örnatilgan. Ammo aynan qaytimlarni ma'lum tizimga yönaltiriş yaxşi natija berişi aniq. Eng muhimi bundan hamma xursand böladi.











