Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024 yilning sentabr oyida Toşkentdagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining özgarişini körib çiqdi.

Monitoring natijalari 8 nomdagi mahsulot — olma, pomidor, karam, limon, greçka, tovuq göşti, piyoz, şakar böyiça minimal narxlar ötgan oyga nisbatan pasayganini körsatdi. Tahlil 8 avgust va 12 sentabr kunlari ötkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.

Şunday qilib, olmaning minimal narxi 28,2 foiz, pomidorniki 18,7 foiz, karamniki 15,9 foiz, limonniki 13,8 foiz, greçkaniki 5,9 foiz, tovuq göştniki (file) 3,1 foiz, sariq piyozniki 2,0 foiz, şakarniki 1,6 foiz pasaygan.

Töqqiz nomdagi mahsulotning minimal narxlari esa oşgan. Narxining oşişi böyiça kartoşka yetakçi böldi. Bu esa mavsumiy omil bilan boğliq. 

Tört nomdagi mahsulotning eng past narxlari esa özgarişsiz qolgan. Ularning orasida buğdoy uni, guruç, qizil sabzi va tuxum bor.