Avstraliya Raqobat va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş komissiyasi (ACCC) Coles va Woolworths supermarketlari narxlarni vaqtinça oşirib, keyin esa ularni yana şu qiymatga tuşirgan holda iste’molçilar huquqlari himoyasi töğrisidagi qonunni buzganliklarini ta’kidlamoqda.

Coles kompaniyasi ayblovga qarşi himoyalanişini, Woolworths esa e’tirozlarni körib çiqişini bildirgan.

Avstraliya bozorining uçdan ikki qismini egallagan uşbu oziq-ovqat savdosi bilan şuğullanuvçi gigantlar ötgan yili narxlarni oşiriş va raqobatga qarşi harakatlari tufayli jamoatçilik e’tiboridan tuşmay kelmoqda. 

«Bu avstraliyaliklarga xos emas. Xaridorlar ularga nisbatan xuddi ahmoqlardek munosabatda bölişlariga loyiq emas», — deydi boş vazir Entoni Albaneze.

ACCC vakili Jina Kass-Gotlibning ta’kidlaşiça, Coles va Woolworths uzoq yillar davomida «Narxlar tuşirildi», «Pastga pastga» aksiyalarini ötkazib kelgan. Ammo köplab hotlarda «çegirmalar şunçaki illyuza» bölgan xolos. 

«Köplab iste’molçilar çerma oziq-ovqat uçun kamroq xarajat qilişga yordam beradi deb hisoblaydi, ayniqsa, yaşaş uçun sarflanayotgan mablağlar oşib borayotgan bir paytda», — deydi Kass-Gotlib.