Jahon | 19:30 / 21.08.2017
5699
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston energetika vaziri Rossiyadagi yo‘lni Hindistondagi trassa sifatida taqdim qildi

Foto: Reuters

Hindiston energetika vaziri Piyush Goyal Hindistondagi yo‘llarning yoritilishi dasturi muvaffaqiyatlarini namoyish qilishda internetga Hindistondagi yo‘l o‘rniga Rossiyadagi yo‘lning suratini joylashtirdi, deb xabar bermoqda India Today nashri.

U tvitterda 50 km lik masofada yo‘ldagi eski chiroqlar yorug‘lik-diodli chiroqlarga almashtirilganini ma'lum qilib, buning tasdig‘i sifatida Rossiyadagi yo‘llardan birining suratini ilova qilgan.

Biroq mahalliy foydalanuvchilar vazirning xatosini ko‘rsatishgandan keyin, u xabarni o‘chirib tashlagan va Hindistondagi yo‘l tasvirlangan yangi xabarni chop etgan.

“Bu maqolaga e'tibor qaratganlarga rahmat. Biz yo‘llarni yoritish bilan shug‘ullanayotgan paytda, ijtimoiy tarmoqlar bizlarni yanada yaxshiroq bo‘lishimizga ko‘mak berib faktlarni yoritishda yordam bermoqda”, deb ushbu holatga izoh bergan vazir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid