Qozog‘istonda o‘zbek avtomobillari ishlab chiqarilishi kengaytirilishi mumkin
Auto.nur.kz sayti muxbiri ishonchli manbalardan Qozog‘istonning “AZIYa AVTO” avtomobilsozlik kompaniyasi va “GM Uzbekistan” AJ hamkorlik qilishi mumkinligidan xabar topdi. Ma'lum bo‘lishicha, katta ehtimollik bilan Ust-Kamenogorskdagi zavodda Ravon R2 va Ravon R4 modellari yig‘ilishi mumkin.
Shuningdek, ishlab chiqariluvchi modellar qatori yangi modellar hisobiga kengaytirilishi mumkin. Asakadagi zavod yaqin orada bu modellar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirib oladi. Qozog‘iston bilan ishlab chiqariladigan modellarning to‘liq ro‘yxati hali aniqlashtirilmagan.
Aytish joizki, Ravon avtomobillari qozog‘istonliklarga Uz-Daewoo brendi bilan anchadan beri ma'lum bo‘lib kelgan. O‘zbek avtomobillari Qozog‘iston bozoriga Ravon brendi bilan o‘tgan yil yozida chiqqan.
Shuni aytish mumkinki, Qo‘stanaydagi “SariarkaAvtoProm” avtomobilsozlik kompaniyasida Ravon Nexia R3 modeli yig‘ilmoqda. Bu yerda yiliga 3 mingta shunday mashina yig‘iladi. Ishlab chiqarish quvvatini yiliga 7 mingta avtomobilga yetkazish mumkin.
Ravon Nexia R3 Qozog‘istonda “UZAVTO AZIYa” kompaniyasining dilerlik tarmog‘i orqali sotiladi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024