Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya HKK IShIDning 200 dan ortiq jangarisini yo‘q qildi
Rossiya harbiy-kosmik kuchlari IShID terrorchilik guruhining Suriyaning Dayr az-Zor shahriga yo‘l olayotgan jangarilari guruhini yo‘q qildi. Bu haqda «Interfaks» mamlakat mudofaa vazirligiga asosan xabar bermoqda.
Harbiy mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, IShID jangarilari Dayr az-Zorda avgust oyi davomida kuchlarni bir joyga to‘plashga harakat qilmoqda.
«Rossiya HKK bombardimonchi va armiya aviatsiyasi tomonidan yirik kalibrli qurol hamda minomyotlarga ega bo‘lgan 20 avtomobil, shuningdek, zirhli texnika, tanklar yo‘q qilindi. Bundan tashqari, 200 dan ortiq jangarilar va katta yukli qurol-aslahaga ega avtomobillar ham yakson etildi», - deya xabar bergan mudofaa vazirligi.
Mahkamadan qo‘shimcha qilishlaricha, IShIDning Dayr az-Zorda tor-mor keltirilishi guruhning Suriyadagi strategik mag‘lubiyatiga aylanadi.
Avvalroq Suriya armiyasi va «Hizbulloh» IShIDdan qator hududlarni ozod qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:23
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026