O‘zbekiston | 17:45 / 22.08.2017
10030
2 daqiqa o‘qiladi

LUKOYL «Hissor» loyihasi doirasida asosiy ishlab chiqarish obektlarini ishga tushirdi

Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi O‘zbekistonda Janubi-G‘arbiy Hissor loyihasining asosiy bosqichini amalga oshirish doirasida asosiy ishlab chiqarish va texnologik obektlarni ishga tushirdi.

Kompaniya matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, «LUKOYL» loyiha doirasida nominal quvvati yiliga 4,4 mlrd kubometr bo‘lgan gazni kompleks tayyorlash, gazni avvaldan tayyorlash qurilmasini, shuningdek, to‘rtta gazni yig‘ish punktini ishga tushirdi.   

«LUKOYL»ning ta'kidlashicha, ushbu obektlarning ishga tushirilishi natijasida Hissor konlar guruhida gazni qazib olish hajmlari loyiha darajasi – sutkasiga taxminan 14 million kubometr yoki yiliga 5 mlrd kubometrga chiqdi.

«Hozirgi payda konlarning ekspluatatsiya jamg‘armasi 37 ta qazib olish qudug‘ini tashkil etadi», - deya qayd etadi Rossiya kompaniyasi.

Shuningdek, «LUKOYL» loyiha doirasida 300 km yuqori voltli elektr uzatish liniyasi, ikkita elektr nimstansiyasi, 126 kilometr avtomobil yo‘lini qurdi.

Mavzuga oid