Koronavirus butun jahonni larzaga keltirib, barça yangiliklarning asosiy mavzusiga aylandi. Virus infeksiyasi nafaqat insonlarning soğliği, balki jahon davlatlarining deyarli hammasida iqtisodiyotning  barça tarmoqlaridagi xöjalik sub'yektlari faoliyatiga ham 1-darajali tahdid bölib xavf solmoqda.

Özbekiston hukumati tomonidan xavfli virus ommaviy tarqalişining oldini oliş uçun amalga oşirayotgan çora-tadbirlarini inobatga olib, «LUKOYL Özbekiston Opereyting Kompani» 24 mart kunidan boşlab Toşkent şahridagi öz ma'muriy ofisi xodimlarini masofaviy iş rejimiga ötkazişni ta'minladi, 100% xodimlarga mobil moslamalardan va kompyuterlardan axborot resurslariga va tizimlariga masofadan kiriş imkoniyatini yaratgan holda uyda tölaqonli işlaş uçun barça imkoniyatlarni taqdim etdi.

Bunda mehnat haqini tölaş özgarmay qolgan, iş haqi töliq miqdorida tölanadi.

Kompaniya xizmatlarining işlaşini va özaro faoliyatini ta'minlaş uçun zamonaviy raqamli texnologiyalar qöllanadi. Barça xodimlar tezkor xabar beriş va özaro faoliyat imkoniyatlari, şu jumladan MicrosoftTeams orqali guruh çatlari, guruhli audio va video-qönğiroqlarni amalga oşiriş imkoniyati bilan ta'minlangan. Masofaviy iş rejimida işlaydigan foydalanuvçilarning doimiy IT-qöllab-quvvatlanişi amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, LUKOYL-Özbekiston kompaniyasida epidemiya şaroitida uzluksiz işlaşni ta'minlaş böyiça inqirozga qarşi kuraşiş ştabi yaratilgan, ofis xodimlariningxavfsizligi va işlab çiqariş obektlaridagi vaxta işçilarining izolyatsiyada işlaşi uçun bir qator çoralar töplami qabul qilingan. Boş ofisda turli faoliyat yönalişlari böyiça 2-daraja ştabi tuzilgan, uning a'zolari kompaniyaning joriy faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun doimo öz iş joylarida bölib turadi. Ştab xodimlariga himoya vositalari taqdim etilgan, har kuni ertalab tana harorati ölçanadi, işga boriş va şaharda harakatlaniş uçun xizmat transport vositalari ta'minlab berilgan.

Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi işlab çiqariş obektlarining vaxtada bölgan xodimlari soğliği ustidan kun-u tun tibbiy nazorat örnatilgan.Işlab çiqariş obektlaridagi tibbiy punktlarning şifokorlari tomonidan har kuni işçilarning tana harorati ölçanadi.Barça işlab çiqariş obektlari tibbiy niqoblar va termometrlar bilan ta'minlangan.Mahalliy vaxta işçilari vaxtaning muddatlari oşirilişini közda tutgan  iş vaqti jadvaliga ötkazilgan. Bunda barça dispetçerlik xizmatlari öz joylarida ştatli rejimda işlaşni davom ettirmoqda.