Messi «Barselona» bilan shartnoma imzolashga shoshilmayapti
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi amaldagi jamoasi bilan yangi shartnoma tuzishga shoshilmayapti, deb yozmoqda Marca nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Argentina terma jamoasi futbolchisi hozirgi vaqtda bu ishni amalga oshirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblamoqda. Uning fikriga ko‘ra, jamoaning rivojlanish jamoaning kelgusi mavsumdagi taraqqiyot rejalari qanday ekanini kuzatmoqchi. Messi har doim Kataloniyadagi sport loyihasini muhim va birinchi o‘rinda deb hisoblab kelgan, biroq hujumchi Neymarning «PSJ»ga o‘tib ketishi «Barselona» va Messining ham rejalarini o‘zgartirib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq kataloniyaliklar sport direktori Robert Fernandes Messining 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini imzolashda hech qanday muammo yo‘qligini ma'lum qilgandi. Yaqindan boshlab esa «Manchester Siti» futbolchi uchun 300 mln. yevro bermoqchi ekani haqida xabarlar tarqala boshladi.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024