Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Koutino uchun navbatdagi taklifni jo‘natdi
«Barselona» «Liverpul»dan Filippe Koutinoni xarid qilish fikridan qaytmayapti.
Sky Sports xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi braziliyalik futbolchi uchun to‘rtinchi taklifni jo‘natdi, taklif miqdori 138 million funtni tashkil qiladi. Shundan 101 million funt transfergacha, yana 37 million funt – bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Bungacha rad etilgan 130 mln yevrolik uchinchi taklifdagidan farqli o‘laroq, bonuslarni futbolchining Chempionlar ligasidagi yutuqlari uchun berish belgilangan.
Bundan avvalroq «Barselona» «Liverpul» Koutinoni sotmaslik qarorida qat'iy turayotgani uchun uni transfer qilishdan voz kechgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026