Jahon | 21:50 / 23.08.2017
3669
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqining Britaniyada yashovchi fuqarolariga deportatsiya qilinishlari haqida xatlar yuborildi

Foto: Luke MacGregor / Reuters

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi  Yevropa Ittifoqining Britaniyada yashovchi taxminan 100 fuqarosiga deportatsiya qilinishlari haqida yanglish tarzda ogohlantirish xati yuborgan. Xatni oluvchilarga ma'lum muddat ichida Buyuk Britaniyani ko‘ngilli ravishda tark etish buyurilgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Xatlarda YeI fuqarolari mamlakatni ko‘ngilli ravishda tark etmasalar, deportatsiya qilinishlari aytilgan. Nashrning yozishicha, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan xatlar yuborilgan barcha odamlardan uzr so‘ragan. 

Nashrning yozishicha, xato haqida Buyuk Britaniyada o‘z turmush o‘rtog‘i bilan yashovchi finlyandiyalik o‘qituvchi Yeva Yoxanna Xolmberg mamlakat tashqi ishlar vazirligidan xatni olganini aytgandan keyin ma'lum bo‘lgan. Xatda u bir oy ichida mamlakatni tark etishi kerakligi ko‘rsatilgan. 

Nashr Britaniya tashqi ishlar vazirligiga ushbu holatga izoh berish iltimosi bilan murojaat qilgan. Bunga javoban vazirlik vakili xato yuz berganini aytgan. “Biz bu holat nega sodir bo‘lganini o‘rganmoqdamiz va xatni olgan barcha bilan xato haqida ma'lum qilish uchun bog‘lanmoqdamiz”, deb aytgan vazirlik vakili.

Iyun oxirida Buyuk Britaniya hukumati Brexit’dan keyin Britaniyada yashovchi yevropaliklarning maqomi o‘zgarishi haqidagi rejasini chop etgandi. Unga ko‘ra, yevropaliklar Britaniyada Brexit’dan keyin ham yashashlari va ishlashlari mumkin bo‘ladi, biroq ular buning uchun yashash uchun qayta ariza berishlari zarur. Britaniyada 5 yildan kam yashayotgan yevropaliklarga esa 5 yil o‘tishini kutishlari kerakligi belgilangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid