Jamiyat | 16:45 / 23.08.2017
17159
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida qo‘shmachi erkak qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Navoiy shahar IIBda o‘tkazilayotgan «Tozalash» tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining KUN.UZ nashriga xabar berishicha, 2017 yilning 11 avgust kuni 1983 yilda tug‘ilgan, Navoiy shahar Nurafshon ko‘chasi 12-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.R. Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 29.03.2017 yildagi qaroriga asosan 6 oy muddatga o‘rnatilgan ma'muriy nazorat qoidalarini qasddan buzganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan fuqaro Sh.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Viloyatning Zarafshon shahar IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Tozalash» tadbiri davomida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan erkak qo‘lga olindi.

2017 yilning 6 avgust kuni soat taxminan 23:25 larda, shahar IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 1969 y.t. Zarafshon shahar 11-28-uyda yashovchi, ishlamaydigan Ch.I. tanishi Zarafshon shahar 6-31-uyda yashovchi S.R.ga tegishli bo‘lgan Zarafshon shahar «Metallurg» bog‘dorchilik jamiyatida joylashgan Persikovaya ko‘chasi 12-sonli dala hovlida, jami 30.000 so‘m pul, bir dona «Medovaya» arog‘i va «ReRSI» ichimligi evaziga fuqarolar J.M. va Yu.Ya.larga jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlandi.

Zarafshon shahar IIB tomonidan fuqaro Ch.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid