Jamiyat | 13:31
2059
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda ikki o‘smir cho‘milishga borib vafot etdi

Navbahor tumanida 15 yoshli ikki o‘smir kanalga cho‘milishga borib, vafot etdi. Ular tok urishi oqibatida halok bo‘lgani aytilmoqda.

Navbahor tumanida kanalga cho‘milishga borgan ikki o‘smir vafot etgan. Navoiy viloyati FVB axborot xizmati holatni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, 2 iyul kuni tush payti tumanning Yangiobod mahallasida sodir bo‘lgan. 2011 yilda tug‘ilgan R.B. hamda A.S. cho‘milish maqsadida mahalla hududidan oqib o‘tgan Konimex kanaliga borgan. Ko‘p o‘tmay suvdan ularning jasadi topilgan.

Qayd etilishicha, hozirda Navbahor tumani IIB tomonidan o‘lim sababi aniqlanmoqda.

Kun.uz’ manbasiga ko‘ra, o‘smirlar tok urishi oqibatida vafot etgan. Ya’ni, ular cho‘milishga borgan hududda suvga o‘rnatilgan nasosda nosozlik yuzaga kelgan. Shu tariqa cho‘milayotgan o‘smirlarni tok urgan va ular voqea joyida halok bo‘lishgan.

Avvalroq Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘lgandi.

Руслан Сабуров
Muallif Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid