O‘zbekiston | 20:56 / 23.08.2017
12199
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda energiya tejovchi milliy kompaniya tuzildi

O‘zbekistonda «Milliy energiya tejovchi kompaniya» aksiyadorlik jamiyati tuzildi. Kompaniya davlat organlari va tashkilotlarida energiyadan samarali foydalanuvchi va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mahsulot (ish va xizmatlar ko‘rsatuvchi) yetkazib beruvchi yagona kompaniya sifatida tanishtirilgan.

23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Energiyadan samarali foydalanuvchi va energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari haqida»gi qarorni imzolagan.

Yangi kompaniya ham yangi qaror tufayli vujudga kelmoqda. Kompaniya davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslarining samarali iste'mol qilishini monitoring qilib boradi.

Kompaniya, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida energiyadan samarali foydalanuvchi va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish buyicha takliflarni ishlab chiqadi va joriy etadi.

Milliy energiya tejovchi kompaniya davlat organlari va tashkilotlari xarajatlarini optimallashtiradi, tovarlar (ish va xizmatlar) tannarxini tushiradi, energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energiya resurslariga xarajatlarni qisqartirish evaziga byudjyet va o‘z mablag‘larini iqtisod qiladi.

Mavzuga oid