Malkolm Forbsning bolaligi Buyuk depressiya yillariga töğri keldi va bu nafaqat unga, balki hayotning qadriga köproq yeta boşlagan butun bir avlodga jiddiy ta'sir körsatdi. Bolalik va yoşlik davrida mayda xursandçiliklardan ham mahrum bölgan bolalar katta bölib buning örnini töldirişga harakat qilgan.
Malkolm noşirning uyida voyaga yetgan va oçlikni u qadar his qilmagan bölsa-da, Berti Çarlz Forbs millioner bölmagan va haqiqiy şotlandiyalik sifatida öz farzandlariga har bir sentni qadrlaş va pulga jiddiy munosabatda bölişga örgatgan. Ösmirlik yillarida oila moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan. 1939 yilga borib Forbes jurnalining adadi 102 mingni taşkil qilgan. Uning raqiblari Business Week'da — 192 000, Fortune'da esa — 248 000 bölgan. Reklama 4,5 barobarga qisqargan.
Bu jihatdan Forbes'ga ikkinçi hayot bağişlagan va öz oilasining eng maşhur vakiliga aylangan B. Ç. Forbsning öğli omadliroq çiqdi.
Prezident F.D.Ruzveltning "yangi yönalişi" Amerika jamiyatidagi qadriyatlarga jiddiy çaqiriq böldi. Davlatning iqtisodiyotga keng jalb qilinişi (u şu yöl bilan mamlakatni inqirozdan olib çiqişga harakat qilgan) biznesning köplab vakillari orasida şubha uyğotgan. Forbes jurnali klassik laissez-faire'ni saqlab qoliş tarafdorlari tomonda "öynagan", bu esa 30-yillarda u qadar maşhur bölmagan. Ruzvelt davrida amalga oşirilgan ulkan loyihalar bunga qadar qaror topgan qoidalarga zid edi.
AQŞ ijtimoiy hayotidagi qarama-qarşiliklarning köp liniyalari aynan 30-yillarga borib taqaladi. "Yangi yönaliş" merosiga munosabat biznes, OAV va siyosatdagi odamlarni ajratgan yoki birlaştirgan. Malkolm Nyu-Jyersida ötgan bolaligidan kattalarning bahs-munozaralariga oid xotiralarini olib çiqqan.
Uning özi öşa paytlar muayyan pozitsiyaga ega bölmagan va bilim oliş bilan şuğullangan - dastavval Lorensvildagi tayyorlov maktabida, keyin esa Priston univçersitetida, ikki inşoot ham Nyu-Jyersida joylaşgan bölgan. U yerda Forbs siyosiy ilmlar va iqtisodiyotni örgangan. Iqtisodiy bilimlarni özlaştirişni tugallaş davri AQŞning Ikkinçi jahon uruşiga kirişiga töğri kelgan. Bunga qadar u 1941 yilda Ohayoda otasi tomonidan sotib olib berilgan ikki gazetaga rahbarlik qilişga ulgurgan. Bu tajriba keyinçalik unga kerak böldi.
Jamiyatda öz örniga ega bölgan, badavlat oilalardan çiqqan yoşlar xizmat qilişdan voz keçiş haqida öylaşi ham mumkin emasdi. Masalan, Kennedilar oilasida uç nafar voyaga yetgan öğilning bari armiyaga borgan, ulardan biri halok bölgan. Bunday doiralarda ğurur va vatanparvarlik tuşunçalari katta ahamiyatga ega bölgan. Şuning uçun Malkolm Forbs ham uruşga yöl olgan.
Uruş davrida uning bir neça marta "omadi kelgan" - u Yevropadagi jang maydoniga jönatilgani bir omad bölsa, yaralanib omon qolgani - yana bir omad bölgan.
Amerika uruşdan nafaqat harbiy-siyosiy va iqtisodiy ma'nolarda, balki jahon madaniyatida trendlar boşqaruvçisi sifatida ham kuçli derjava bölib çiqqan. Musiqa (jaz, rok), Hollivud kinolari - bundan buyon hamma yerda şular ustunlik qilardi. Yevropadan qaytayotgan yoş amerikaliklar uyga nafaqat taassurotlar bilan, balki öz mamlakati uçun faxr tuyğusi bilan qaytişardi.
Uruşdan qaytgan askarlarning köpi siyosatga kirib kelgan. Ulardan keyinçalik maşhur bölganlari - Riçard Nikson, Jon Kennedi, Jozef Makkarti. Malkolm Forbs ham bu jihatdan nooriginal yöl tutgan - u 1949 yilda Bernardsvil munitsipial kengaşiga saylangan, 1951 yildan 1957 yilgaça esa Nyu-Jyersi ştati senatida faoliyat yuritgan.
U bir paytlar gubernatorlikni orzu qilgan, biroq 1957 yilda respublikaçilarning nomzodi bölgan Malkolm ştatning amaldagi rahbari, demokrat Robert Meynerga mağlub bölgan. Malkolm siyosatda qöldan kelganini qilganini anglab, undan ketişga qaror qilgan.
Bu vaqtga kelib uning otasi vafot etgan va jurnalni yuritiş böyiça asosiy oğirlik u bilan akasining zimmasiga tuşgan. Undan uç yoş katta Bryus naşr prezidenti bölgan, ammo saratonga çalinib, nisbatan erta 1964 yilda vafot etgan. Yana ikki akasi Gordon va Uolles jurnal işlariga u qadar qiziqişmagan, şu bois 1960-yillarda u akalarining jurnaldagi uluşini sotib olgan, Bryusning bevasidan sotib olingan 30 foiz aksiya ham şular jumlasidandir. Şu tariqa u Forbes'ning yagona rahbariga aylangan.
1945-1960-yillar orasidagi davrni tarixda faqat yigirmançi yillarga taqqoslaş mumkin. Bu amerikaliklar tomonidan öz "normalligi"ni maksimal darajada his qiliş - "bebi-bum" davri bölgan. U paytlar Amerika iddiliyasi bardavom tuyulardi. 1960 yilga borib AQŞ rivojlanişning yuqori nuqtasiga yetdi va jahon iqtisodiyotining 29 foiziga egalik qildi.
«Ji Ay qonuni» uruş veteranlariga ta'lim oliş, biznes oçiş va uy-joyga kredit olişda imtiyozlar berardi. Şu tufayli örta toifa keskin kengaydi, bilimli işçi kuçi köpaydi. Iqtisodiy "bum" biznes-jurnalistikani ham öz ortidan tortdi. 50-yillar örtalariga borib, Forbes AQŞdagi bir neça biznes naşrlardan biri bölgan va raqiblar orasida alohida ajralib turmagan. Jurnalga yangi ğoyalar kerak bölgan.
Malkolm otasi hayotlik vaqtlaridayoq jurnalda konsalting loyihalarni yölga qöygan. Ulardan biri Forbes Investors Advisory Institute jiddiy daromad keltirgan birinçi şunday loyiha bölgan. Amerika korporatsiyalari reytingi keyingi qadam bölgan, bu reyting jurnalga juda köp reklama jalb qildi. Forbes biznesdagi muvaffaqiyat tarixlari, yetakçi kapitalistlar haqidagi norasmiy hikoyalar jurnali, haqiqiy Capitalist Tool böldi. U raqib naşrlardan öz erkinligi va maqolalar va syujyetlar tilining tuşunarliligi bilan ajralib turardi.
Fortune va Business Week bilan şiddatli raqobat davri boşlandi. 1954 yildan 1958 yilga qadar Forbes jurnalining adadi ikki barobarga - 265 minggaça oşdi, 1967 yilga borib esa Fortune'ni ortda qoldirib, 500 mingga yetdi va Business Week bilan deyarli tenglaşdi. 70-yillarda adad oşişda davom etdi va 1975 yilda 625 mingga yetdi. Obunadan yiliga 4,5 million dollar tuşardi, reklamadan esa - 20 million dollar. Malkolmning Forbes yutuğiga qöşgan sönggi katta hissasi - uning 1982 yilda yölga qöyilgan "Eng badavlat amerikaliklar reytingi - Top-400" loyihasi böldi.
Ota jurnalni öz ğoyalarini ifodalovçi maydonga aylantirgan bölsa, öğli uni öz hayoti darakçisiga aylantirdi. Ular orasidagi farq şunda edi. B. Ç. Forbs naşrga asos solgan omadli jurnalist bölgan bölsa, M.Forbs jurnalga ikkinçi hayotni baxş etgan omadli kapitalist bölib çiqdi.
Malkolm jurnaldan taşqari investitsiyalar va köçmas mulk bilan faol şuğullanar edi. U Koloradoda ranço sotib olgan, bir neça yildan keyin esa uni qismlarga bölib sotgan. Jurnalda konsalting işlaşda davom etgan, şuningdek tahririyat binosi ham ijaraga berilardi. Malkolm doimo yangi naşrlar oçardi, masalan, Nyu-York haqidagi Egg naşri.
Asosiysi, Forbs öz hayoti va xobbilarini Forbes uçun reklamaga aylantirişni bilardi. U öz boyligidan zavqlanib yaşayotgan amerikalik nopuritanin-işbilarmon sifatida namoyon böldi. Bu esa bungaça bölgan an'analarga zid edi. U Reygan va Tetçerning erkin tadbirkorlik davriga juda mos kelardi. 80-yillarda Malkolm xuddi ikkinçi yoşlik davrini boşdan keçirgandek bölgan.
Forbs haşamat bobida yangi trendlarning e'lon qiluvçisi bölgan. Aynan öşanda Forbes kapitalistik "jannat"ni ifodalovçi afsonaviy nomga aylangan. Malkolm özini öta omadli PR-menejyer sifatida namoyon qilgan. Uning mototsikllar, yaxtalar eskapadlari, havo şarlaridagi parvozlari piar nuqtai nazaridan aniq öylangan.
Ta'kidlaş joizki, bu qiziqişlarni xavfsiz deb bölmaydi - buning uçun Stiv Fossetning taqdirini yodga oliş kifoya. Biroq badavlat kişilar tavakkal qilişni yaxşi körişadi - bu oxirigaça örganilmagan fenomen. Hovard Hyuz özining aviatsiyaga qiziqişidan tayinli foyda çiqara olmagan bölsa, Malkolm Forbs ehtiyotkorlik bilan harakat qilgan va öz qiziqişlari ortidan faqat boyigan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, uning boyligi 600 million dollarga yetgan. Biroq tibbiyotning rivojlanişiga qaramay, u öz otasidan ham kam umr körgan - bu esa eski haqiqatning yana bir tasdiği - salomatlikni sotib olib bölmaydi.












