Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV rahbari BAA, Kuvayt va Qatar yetakchilari bilan Fors ko‘rfazi inqirozini muhokama qiladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 27-30 avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt va Qatarga boradi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskvadagi brifingda ma'lum qilgan.
Vazir ushbu davlatlar rahbarlari va birinchi shaxslari bilan uchrashishi rejalashtirilgan, dedi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida Fors ko‘rfazidagi inqirozga yechim topish masalasiga katta e'tibor qaratiladi.
TIV vakilining eslatishicha, Rossiya Qatar bilan bog‘liq mojaroda barchaga birdek ma'qul bo‘ladigan yechim topish tarafdori.
Shuningdek, Rossiya diplomatiyasi rahbari BAA, Kuvayt hamda Qatar rahbarlari va birinchi shaxslari bilan Suriya muammosini ham muhokama etish niyatida, dedi Zaxarova.
Avvalroq Qatar Rossiya qurollarini sinovdan o‘tkazayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026