Qatar mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad Al-Atiy «Interfaks» agentligiga bergan intervyusida Doha Rossiyaning ba'zi qurol tizimlarini sinovdan ötkazayotganini ma'lum qildi.
"Biz hozir ba'zi tizimlarni sinovdan ötkazyapmiz, öylaşimça, ular Qatarga kerak böladi. Biz juda köp masalalarni muhokama qildik, ammo ular haqida oçiq gapira olmayman", - deya ta'kidladi mudofaa vaziri.
Mudofaa vazirligi rahbarining sözlariga köra, Qatar mudofaa sohasidagi hamkorlikka umid qilmoqda, ayniqsa Rossiyada işlab çiqarilgan sönggi texnologiyalar sohasida.
"Rossiyadagi döstlarimiz bilan munosabatlarimiz yaxşi. Ikki tomonning mudofaa vazirlari hamkorlik qilişmoqda", - dedi u.












