Jahon | 08:05 / 25.08.2017
4720
1 daqiqa o‘qiladi

Falcon 9 raketasining quyi pog‘onasi dengiz platformasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi 

Kaliforniyadagi Vanderberg kosmodromidan fazoga ko‘tarilgan Falcon 9 raketa-tashuvchisining quyi pog‘onasi Tinch okeanidagi platformaga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi. Bu haqda raketaga egalik qiluvchi SpaceX kompaniyasi ma'lum qilgan.

“Falcon 9’ning birinchi pog‘onasi platformaga qo‘ndirildi”, deb aytilgan xabarda.

Raketa Tayvanning Yerni zondlash sun'iy yo‘ldoshi bilan 24 avgust kuni fazoga uchirilgandi. Keyinroq SpaceX raketa sun'iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli yetkazganini ma'lum qilgandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid