Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Crew Dragon boşqariluvçi fazoviy kemasi favqulodda tizimini sinovdan ötkazdi. Sinov vaqtida kemani orbitaga olib çiqadigan Falcon 9 raketa-taşuvçisi ataylab portlatib yuborildi.
Raketaning birinçi poğonasi portlatilgaç, bortida ikkita maneken bölgan Crew Dragon kemasi raketadan favqulodda ajralişga buyruq olgan. Şundan keyin 8 ta zaxira dvigateli SuperDraco işga tuşib, kemani xavfsiz masofaga olib ketgan. Bu Falcon 9 raketasi Kanaveral burnidagi kosmodromdan start olgandan 84 soniya keyin 22 km balandlikda yuz bergan. Portlaşdan keyin beşikast qolgan kema Atlantika okeanida qöndirilgan.
Dragon has separated from Falcon 9 and its SuperDraco engines have completed their burn pic.twitter.com/tDhogz1qQ9
— SpaceX (@SpaceX) January 19, 2020
Bortdagi manekenlar yordamida kemaning favqulodda pasayişi vaqtidagi zöriqişlar körsatkiçlari ölçangan.
Crew Dragon Xalqaro koinot stansiyasiga fazogirlarni yetkaziş uçun möljallangan bölib, ayni vaqtda NASA kemada odamlar bilan birga sinov ötkazişga ruxsat bermagan. Hozirça XKSga fazogirlar Rossiyaning “Soyuz” kemalarida yetkazilmoqda. NASA kemadagi har bir örin uçun Rossiyaga 80 mln dollardan köproq pul tölamoqda.
Ta'kidlanişiça, uşbu sinov fazogirlarning Crew Dragon’dagi ilk parvozi yölidagi oxirgi qadam böldi. Parvoz bir neça oydan keyin amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

















