Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Ikkinchi g‘alaba - Jasurbek Latipov ham kurashni davom ettiradi
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida 52 kilogramgacha bo‘lgan yengil vaznli bokschilar ishtirokida birinchi saralash bosqichi bellashuvida hamyurtimiz Jasurbek Latipov puerta rikolik Yankiel Riveraga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bolgariyalik, filippinlik, marokashlik, kubalik va yaponiyalik hakamlardan iborat besh hakamning barchasi 30:27 hisobida har uch raundda hamyurtimiz g‘alaba qozonganini qayd etishdi.
Jasurbek Latipov 28 avgust kuni ikkinchi saralash bosqichida bolgariyalik bokschi Daniyel Asenovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Sizlarga ertaga 27 avgust kuni ringga chiqadigan bokschilarimiz haqidagi ma'lumotni taqdim etamiz:
49 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika)
56 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston)
64 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya)
75 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston)
91 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina)
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
17:04 / 17.02.2025