Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. Levandovski «Bavariya»ga g‘alaba keltirdi, «Bayyer» «Hoffenxaym» bilan durang o‘ynadi
Germaniya chempionatida 2-tur doirasida 5ta uchrashuv yakunlandi.
«Bavariya» bu turda «Verder» maydoniga safar qildi. Bremendagi «Vezershtadion» kechgan uchrashuv myunxenliklar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 72-daqiqasida Kingsli Koman himoyachini aldab o‘tib, to‘pni raqib darvozasining uzoq burchagi tomon yo‘lladi. To‘pga Robert Levandovski yetib kelib, darvozabonni dog‘da qoldirdi. Uch daqiqa o‘tib Levandovski «Verder» himoyachilarini aldab o‘tdi va chap oyog‘ida zarba berib, ikkinchi golni urdi.
Turning markaziy bahsida «Bayyer» «Hoffenxaym» bilan to‘qnashdi. Leverkuzendagi «Bay-Arena» stadionida kechgan uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi - 2:2.
Mezbonlar safida Karim Bellarabi va Vendell bittadan gol urishdi, mehmonlarning gollariga Andrey Kramarich va Mark Ut mualliflik qilishdi.
Turning boshqa uchrashuvlarida «Borussiya»Myonxengladbax «Augsburg»ni yenga olmadi (2:2), «Volfsburg» «Ayntraxt» uyidan Didavining goli evaziga g‘alaba bilan qaytdi (1:0), «Shtutgart» o‘z maydonida «Maynts» ustidan g‘alabaga erishdi.
Germaniya chempionati, 2-tur
Verder – Bavariya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 72 Levandovski, 0:2 – 75 Levandovski.
Verder – Pavlenka, Bauer, Sane, Augustinsson, Velkovich, Bartels (Eggeshtayn, 84), Gondorf (Kaynts, 76), Dileyni, Eggeshtayn (Bargfrede, 76), Gebre Selassiye, Kruze.
Bavariya – Noyyer, Hummels, Zyule, Alaba, Kimmix, Tolisso, Vidal (Rudi, 85), Alkantara, Robben (Koman, 64), Riberi (Myuller, 73), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Eggeshtayn (32), Vidal (60).
Bayyer – Hoffenxaym-1899 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 32, penalti Vendell, 1:1 – 47 Kramarich, 2:1 – 49 Belarabi, 2:2 – 70 Ut.
Bayyer – Leno, Ta, Vendell, Xenrixs, Belarabi, Bender, Kor, Arangis, Brandt (Beyli, 71), Mexmedi (Kissling, 77), Folland (Ramalo, 77).
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Tolyan, Xyubner, Bichakchich, Fogt, Amiri (Grillich, 71), Rupp (Demirbay, 46), Tsuber (Kaderjabek, 57), Kramarich, Ut, Vagner.
Ogohlantirishlar: Fogt (18), Belarabi (28), Bichakchich (31), Vendell (89).
Shtutgart – Maynts 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 53 Badshtuber.
Shtutgart – Tsiler, Kaminski, Badshtuber, Aogo (Tsimmermann, 84), Baumgartl, Brekalo (Asano, 63), Mangalya, Akolo (Ozdjan, 72), Gentner, Pavar, Terodde.
Maynts – Adler, Bell, Brosinski, Donati, Diallo, Fray (De Blasis, 81), Lattsa, Maksim (Kodro, 71), Oztunaly (Fisher, 66), Kvayson, Muto.
Ogohlantirishlar: Gentner (13), Mangalya (38), Kvayson (43).
Augsburg – Borussiya M 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 1 Finnbogason, 1:1 – 7 Zakariya, 1:2 – 30 Vendt, 2:2 – 89 Kordova.
Augsburg – Xitts, Gaueleu, Maks, Framberger, Xinteregger, Gu Chja Chxol (Xedira, 76), Bayyer, Kayubi, Shmid (Xeller, 76), Gregorich, Finnbogason.
Borussiya M – Zommer, Ginter, Vendt, Elvedi, Vestergor, Xerrmann (Xofmann, 65), Kramer, Zakariya (Benesh, 63), Azar, Raffael (Djonson, 80), Shtindl.
Ogohlantirishlar: Bayyer (18), Zakariya (37), Vestergor (42), Gaueleu (45).
Ayntraxt F – Volfsburg 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 22 Didavi.
Ayntraxt F – Gradetski, Abraam, Villems (Tavatxa, 78), Chendler, Falett, Fernandes (Xrgota, 65), Xasebe, Boateng, de Guzman (da Koshta, 72), Gachinovich, Aller.
Volfsburg – Kastels, Knoxe (Uduoxay, 78), Gerxardt, Verxag, Tisseran, Arnold, Gilavogi, Kamacho, Didavi (Malli, 72), Dimata (Bazur, 52), Gomes.
Ogohlantirishlar: Chendler (36), Fernandes (43), Bazur (66), Xrgota (67).
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026