Jahon | 10:47 / 26.08.2017
4073
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy shimoliy koreyaliklarga mamlakatda yangi biznes ochishni taqiqladi

Foto: Reuters

Xitoy KXDR fuqarolari va ushbu davlat korxonalariga mamlakatda yangi biznes ochish yoki unda ishtirok etishni taqiqladi. Bu haqda Reuters Xitoy tijorat vazirligiga asosan xabar bermoqda.

«Xitoyda KXDR fuqarolari yoki kompaniyalari ishtirokida yangi qo‘shma korxonalar, kompaniyalarni tashkil etish yoki borlarini kengaytirish taqiqlandi», - deyiladi vazirlik xabarida.

Shu tariqa, Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan sanksiyalarni joriy eta boshladi.

Avvalroq Yaponiya KXDRga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid