Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koutino isyon qilishda davom etmoqda
Foto: Getty Images
«Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino klub rahbariyatiga Chempionlar ligasi o‘yinlarida qatnashmoqchi emasligini ma'lum qildi.
BeIN Sports xabariga ko‘ra, Koutinoning bu qarori u «Barselona»ga ketish ahdida qat'iy qolayotgani bilan bog‘liq.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, katalonlar klubi ushbu havbek uchun 138 million yevro to‘lashga va qo‘shimcha bonuslar va'da qilishga tayyor.
25 yoshli bu braziliyalik futbolchi Ispaniyaga ketishni istamoqda va yangi mavsumda jamoasi o‘yinlarida qatnashmadi. Ammo jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp uni qo‘yib yuborishni istamayapti va mersisaydliklar klubi barcha takliflarni rad etib kelmoqda.
Mavzuga oid
07:22
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
16:41 / 10.03.2026
YeChLda pley-off juftliklari. Kimda qanday imkoniyat?
11:36 / 08.03.2026