Sport | 22:55 / 26.08.2017
7565
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiadaning 120 yillik tarixida ilk marta yil yo‘qotishlarsiz o‘tdi

Foto: Reuters

2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimi o‘tgandan keyin kechgan bir yil ichida olimpiadada qatnashgan sportchilardan hech kim vafot etmadi. Bu haqida jurnalist va sport statisti Hillari Evans Twitter’dagi  o‘zining sahifasida ma'lum qilgan

«Bugungi kunga kelib biz Rio olimpiadasi ishtirok etgan sportchilarning birortasi o‘lgani haqida ma'lumotga ega emasmiz. Zamonaviy olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tganidan so‘ng barcha ishtirokchilar eson-omon bir yil yashagan voqea 1896 yilgi Afina olimpiadasidan so‘ng ro‘y bergan», — deb yozgan Evans.

O‘tgan yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida jami bo‘lib 12.500 nafar sportchi ishtirok etgan. O‘yinlar 5 avgustdan 21 avgustga qadar bo‘lib o‘tgan. Medallar hisobida birinchi o‘rinni 121 medal (46 tasi oltin) bilan AQSh egallagan. O‘zbekiston 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza — jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida 21-o‘rinni (MDH davlatlari ichra 4-o‘rindagi Rossiyadan keyingi 2-o‘rinni) egallagan edi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid