Sport | 20:42 / 28.08.2017
8480
2 daqiqa o‘qiladi

“Barselona” Dembelening transferi bo‘yicha to‘lanadigan bonuslar qiymatini e'lon qildi

Foto: Twitter/FCBarcelona

“Barselona” rahbariyati Dortmundning “Borussiya” klubi Usmon Dembelening transferi bo‘yicha olishi mumkin bo‘lgan bonuslar summasini ma'lum qildi. Futbolchining transferi 105 mln yevroni tashkil qilgan. 

20 yoshli futbolchining yangi klubda rasmiy taqdimoti davomida “Barsa” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu dortmundliklar transfer summasidan tashqari yana 40 mln yevro miqdorida bonuslar olishlari mumkinligini aytgan. Biroq bu yarmiga Dembelening yangi klubdagi ishtiroki va yarmiga “Barsa”ning yutuqlariga bog‘liq bo‘ladi.

“Usmon biz ortidan bir necha mavsum kuzatgan o‘yinchidir. Biz uning transferi uchun 105 mln yevro va bonuslar ko‘rinishida yana 40 mln yevro ko‘zda tutilgan kelishuvga kelganmiz, biroq bu ham o‘yinchining ishtiroki, ham jamoaning ishtirokiga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytgan Bartomeu matbuot anjumanda. 

Eslatib o‘tamiz, Dembele katalon klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Unga egalik qilmoqchi bo‘ladigan boshqa bir klub “Barsa”ga 400 mln yevro to‘lashi belgilab qo‘yildi.

 “Barsa” bilan 28 avgustda shartnoma imzolagan Dembele katalon klubi hujumchisi Lionel Messini futbol tarixdagi eng zo‘r o‘yinchi deb hisoblashini aytib o‘tdi.

“Menga Leo Messi bilan birga o‘ynash sharafdir. U futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchidir. Men bu yerga bilmaganlarimni o‘rganish uchun keldim. Men bu yerda, dunyoning eng yaxshi klubida bo‘lishdan mamnunman. Mening orzuim ushaldi, men endi yangi klubim bilan unvonlar yutish uchun astoydil mehnat qilaman”, deb aytgan Dembele.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid